Ma'lumotlarni kiriting va biz siz bilan bog'lanamiz
"Yuborish" tugmasini bosish orqali siz ma'lumotlaringiz bilan bo'lishishga rozilik bildirasiz
Bojxona rasmiylashtiruvi
• bojxona to'lovlarini to'lash uchun schyot-fakturalarni taqdim etish • Bojxona deklaratsiyasini to'ldirish uchun barcha zarur ma'lumotlarni tayyorlash • Kafolat xatlari va ishonchnomalarni tayyorlash • Stansiya xizmatlarini to'lash uchun hisob-fakturalarni taqdim etish • yuk bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish
Batafsil ma'lumot yoki bepul konsultatsiya olish uchun ariza qoldiring
Mydeklarant - sizning bojxonadagi ishonchli vakilingiz!
Xizmat bosqichlari
1
Ariza qoldirish
Saytimiz orqali ma'lumotlaringizni kiritib ariza qoldiring
2
Konsultatsiya
Biz siz bilan bog'lanib bepul konsultatsiya o'tamiz va ma'lumot beramiz
3
Narx belgilash
Xizmat hajmidan kelib chiqib bizning mutaxassislarimiz sizga smeta berishadi
4
Amalga oshirish
Biz ishga kirishib belgilangan muddat ichida vazifani bajaramiz
Ariza qoldirish
Bojxonada tovarlarni rasmiylashtirish jarayoni uchun ketadigan vaqt talab etiladigan hujjatlarning yetarliligi hamda tovarlar xavfni boshqarish tizimi orqali qaysi yo’lakka (qizil, sariq, yashil) yo’naltirilganligiga qarab o’zgaradi. Tovarlar bojxona axborot tizimi tomonidan “yashil” va”sariq” yo’lakka yo’naltirilsa faqatgina elektron hujjatlar tekshiriladi va bunga o’rtacha 1 soatdan 1 kungacha vaqt talab etiladi. “Qizil” yo’lakka yo’naltirilgan tovarlar bojxona xodimi tomonida jismoniy tekshiriladi va bunga o’rtacha 2 soatdan 2 kungacha vaqt sarflanishi mumkin.
Mavjud. Bojxona to’lovlarini 60 kun muddatga, tasdiqlangan jadval bo‘yicha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin. Buning uchun depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sug‘urta polisi yoki kafillik talab etiladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organlariga taqdim etish uchun yuk kuzatuv hujjatlari talab etiladi. Shuningdek tovarlar turiga qarab qo’shimcha sertifikat va ruxsatnomalar talab etishilishi mumkin. To’liq ma’lumotlarni telegramda mydeklarant profilidan bilib olishingiz mumkin.
Elektr avtomobillar va REEV va E-REV turdagi gibrid avtomobillar;
Dvigatel hajmi 1L(1000 sm3) ortiq bo‘lmagan ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
Gibrid avtotransport vositalari.
Ha bo’ladi, lekin kelib chiqish sertifikati bo’lmagan taqdirda tovarlarning import bojxona boji stavkasi 2 barobar oshirilgan tarzda hisoblanadi. Import bojxona boji belgilanmagan yoki nol stavka belgilangan tovar va transport vositalari uchun kelib chiqish sertifikati taqdim etilmasa bojxona to’lovlarida o’zgarish bo’lmaydi.
Ariza qoldirish
Ma'lumotlarni kiriting va biz siz bilan bog'lanamiz
"Yuborish" tugmasini bosish orqali siz ma'lumotlaringiz bilan bo'lishishga rozilik bildirasiz